O'zbekiston

Surxondaryoda YPX inspektorlarini haqorat qilgan aka-ukalar qamaldi

Ular, shuningdek, xodimlaning ustiga mashina haydamoqchi bo‘lgan.

Surxondaryoda YPX inspektorlarini haqorat qilgan aka-ukalar qamaldi

 

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida YPX inspektorlarining qonuniy talabni bajarmagan aka-ukalar 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 19 noyabr kuni taxminan soat 09:00 da Denov tumani “Buyuk kelajak” mahallasi hududida xizmat vazifasini bajarayotgan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ikki nafar xodimi Nexia rusumli avtomobilni to‘xtatadi. Tegishli hujjatlarni taqdim etish so‘ralganda 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi va uning yaqin qarindoshlari bo‘lgan yo‘lovchilar inspektorlarning qonuniy talablarini bajarmay, haqorat qiladi. Shuningdek, fuqaro mashinani ispektorning ustiga haydamoqchi bo‘ladi.

 

YPX xodimining bildirgisiga asosan profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, huquqbuzarlarga nisbatan to‘plangan hujjatlar chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudiga taqdim qilingan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, jamoat tartibini buzgan aka-uka Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi, 194-moddasi 1-qismi bilan huquqbuzarlik sodir etganlikda ayblanib, ularga nisbatan 15 sutka qamoq va BHMning 5 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"