O'zbekiston

Sirdaryoga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Bu bo‘yicha Prezident Farmoni qabul qilindi.

Sirdaryoga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi

 

Prezidentning tegishli Farmoni bilan Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich zimmasiga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar qilmoqda.

 

Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzakov ishtirokida Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mazkur farmon matni o‘qib eshittirilgan va yangi hokim jamoaga tanishtirilgan.  

 

A.Maxmudaliyev ko‘p yillar davlat idoralarida mehnat qilib, katta tajriba to‘plagan. Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.  

 

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatining sobiq hokimi Mirzayev Gʻofirjon Gʻaniyevich Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"