O'zbekiston

O‘zbekiston Misrga guruch eksport qilishi mumkin

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Qohirada Misr sanoatlari uyushmasining Oziq-ovqat palatasi raisi bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Misrga guruch eksport qilishi mumkin

 

O‘zbekistondan Misrga guruch, Misrdan O‘zbekistonga sitrus mevalar va boshqa mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

 

Oziq-ovqat palatasi raisi Mahmud al-Basyumiy bilan o‘tkazilgan suhbat chog‘ida oziq-ovqat sohasida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston va Misr kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish va ikki tomonlama tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

 

Misr tomoni O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi rahbari va vakillarini, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan yirik o‘zbek kompaniyalarini 5-7-dekabr kunlari Qohirada bo‘lib o‘tadigan "Food Africa 2022" xalqaro ko‘rgazmasida qatnashishga taklif qildi.

 

Ko‘rgazma chog‘ida ikki mamlakat oziq-ovqat sanoati palatalari ishtirokida muzokaralar o‘tkazish, hamkorlik istiqbollarini belgilab oluvchi "Yo‘l xaritalari"ni tuzish tashabbusi bildirildi.

 

Maʼlumot uchun, Oziq-ovqat sanoati palatasi Misr oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tasdiqlovchi shahodatnoma taqdim etish, soha rivojiga hissa ko‘shadigan strategiyalarni ishlab chiqish va qonun ijodkorligi bilan shug‘ullanadi, shuningdek, mamlakat oziq-ovaqt sanoatining imijini yaratishi bilan birga uni turli xalqaro forumlarda taqdim etadi.

 

Tashkilot tizimi shakar, shirinliklar, sut va sut mahsulotlari, sharbatlar, sabzavot va mevalar, yog‘, don va ziravorlar kabi 9 bo‘limdan iborat. Palata sohada faoliyat olib borayotgan 18 mingdan ortiq kompaniyalarni birlashtiradi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

O‘zbekiston Misrga guruch eksport qilishi mumkin