O'zbekiston

Sirdaryoda yo‘lga ajratilgan 1 mlrd “yeb yuborildi”

Holat bo‘yicha 10 kishiga ayblov e’lon qilingan.

Sirdaryoda yo‘lga ajratilgan 1 mlrd “yeb yuborildi”

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi va Xovos transport prokuraturasi hamkorligida yo‘l infratuzilmasi ob’yektlarida qonun buzilishi holatlarini aniqlash yuzasidan tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Buning natijasida “Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasining sobiq mansabdor shaxslari tomonidan 2018-2021 yillarda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari, ishchi xodimlarning ish haqlari va rag‘batlantirish pullari — jami 1 mlrd 006 mln 792 ming 703 so‘m talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan hamda korxonaning sobiq rahbari X.O., sobiq bosh hisobchisi S.Sh., sobiq hisobchisi X.S., sobiq bo‘lim boshlig‘i M.Sh. va yana 10 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, sud idoralariga yuborilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudining hukmiga ko‘ra, aybdorlarga ozodlikdan mahrum qilish, ahloq tuzatish ishlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa jazo turlari tayinlangan. 

 

Talon-toroj qilingan pullardan 767 mln 753 ming 402 so‘mi sud va tergov davrida davlat foydasiga undirilgan, qolgan 239 mln 039 ming 301 so‘mi Majburiy ijro byurolariga majburiy tartibda undirish uchun yuborilan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"