O'zbekiston

Endi hokimlar bir lavozimda 5 yildan ortiq qolmaydi

Bu bo‘yicha Prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Endi hokimlar bir lavozimda 5 yildan ortiq qolmaydi

 

“Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

 

Loyihaga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilingan davlat organlari va tashkilotlarida quyidagi tartib joriy etiladi:

 

—davlat fuqarolik xizmatchilari majburiy, rejali va rejadan tashqari tartibda rotasiya qilinadi;

 

—davlat fuqarolik xizmatchilarini rotasiya qilish bir davlat organi doirasida hamda boshqa davlat organlari o‘rtasida amalga oshiriladi;

 

—davlat fuqarolik xizmatchisi rotasiya tartibida lavozimga tayinlanganda tanlov o‘tkazilmaydi;

 

—rotasiya tartibida lavozimga tayinlangan davlat fuqarolik xizmatchilariga ijtimoiy kafolatlar va tegishli kompensasiyalar belgilanadi;

 

—Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmatida majburiy ravishda rotasiya qilinishi lozim bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari monitoringini olib boradi.

 

Davlat fuqarolik xizmatida majburiy ravishda rotasiya tartibidagi tayinlovlar lavozimni egallagan kundan boshlab har besh yilda amalga oshiriladi, bunda qonunchilikka muvofiq boshqa muddatlar belgilanishi mumkin.

 

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 2023 yil 1 aprelga qadar “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahliliy tizimi” dasturiy-apparat kompleksi tarkibidagi “hrm.argos.uz” avtomatlashtirilgan axborot tizimida davlat fuqarolik xizmatchilarini rotasiya qilish jarayonini elektron yuritish imkoniyatini yaratadi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"