O'zbekiston

Ehtiyot bo‘ling, siz metrodasiz

Toshkent metropoliteni qachongacha uzr bilan kifoyalanadi?

Ehtiyot bo‘ling, siz metrodasiz

 

Metro, ishonch, xavfsizlik. Har bir yo‘lovchi metroda mana shu sifatlar mujassam deya undan foydalanadi. Ammo so‘nggi paytlarda metroda yurishga ham odam qo‘rqib qoldi. Kuzatilayotgan nosozliklarni keti uzilmayapti. Yozda vagonlar qizib, goho yonib ketadi, yog‘ingarchilik kuzatilsa, suv toshadi.  Xullas, yer ostida voqealar rivoji qizg‘in: vagonlar tez-tez “charchab qolishi”dan tashqari, yo‘lovchilar sumkasidan “bomba” ham chiqib turadi. 

 

7-noyabr kuni Toshkent metropolitenining “Chilonzor” yo‘nalishida poyezd nosozlik sabab yanato‘xtabqoldi. Bu haqda “Toshkentmetropoliteni” DUK ma’lum qildi. Soat 19:10 da “Chilonzor” yo‘nalishi Sergeli yo‘lining 5-bekatida poyezd harakat yo‘lida texnik nosozlik holati kuzatilgan, buning natijasida bekatda bo‘lgan 17-sonli harakat tarkibi harakatlana olmagan hamda ushbu yo‘lda yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida harakat vaqtinchalik to‘xtatilgan.

 

Ushbu vaqt oralig‘ida “Buyuk Ipak yo‘li” hamda “Olmazor” bekatlari oralig‘ida poyezdlar jadval asosida harakatlangan. “Olmazor” hamda Sergeli yo‘li 5-bekat oralig‘ida ushbu nosozlik holati tuzatilgunga qadar bir tomonlama harakat amalga oshirilgan. Soat 19:37 da kuzatilgan nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilgan va poyezdlar harakatlana boshlagan.

 

Bundan tashqari, 16- va 22-avgust, 25-sentyabr, 23- hamda 27-oktyabr kunlari ham metrodagi poyezdlar harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.

 

Har safar metro bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirarkan, “Toshkent metropoliteni” DUK yoki “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘rash bilan kifoyalanadi. Hatto hech qanday uzr so‘ralmaydigan kezlar ham uchraydi. Ammo bu muammoning yechimi bo‘lolmaydi. Yo‘lovchilar uzrlarni qabul qilaverib charchadi. Ularga texnik nosozliklardan xoli, xavfsiz va ishonchli yo‘l tarmog‘i kerak.

 

Odatda, metroda yuz beradigan favqulodda holatlar “texnik-nosozlik ro‘y bergani” bilan izohlanadi. Nariborsa, hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangani,vaziyatga oydinlik kiritish uchun ishchi guruh tashkil etilgani aytiladi. Biroq xabarlar unut bo‘lgach, “texnik-nosozlik”ka nima sabab bo‘lgani, kelgusida bunday voqealar takrorlanmasligi uchun qanday ishlar qilinishi (qilinayotgani) haqida deyarli rasmiy ma’lumot berilmaydi. Menimcha, xabarning “shapkasi”ni o‘zgartirish vaqti keldi. 

 

Bahriniso Madumarova

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"