O'zbekiston

Ikkita viloyatda “perevod” bilan bog‘liq firibgarlik fosh bo‘ldi

Bu bo‘yicha hududlarda tergovga qadar tadbirlar o‘tkazilgan.

Ikkita viloyatda “perevod” bilan bog‘liq firibgarlik fosh bo‘ldi

 

O‘qishni ko‘chirib berish hamda o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashi departamenti. 

 

Qayd etilishicha, departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro D.Yu. fuqaro I.K.ning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi universitetidagi o‘qishini tanishlari orqali O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirib berishini aytib, aldov yo‘li bilan 3 000 AQSH dollarini olganligi aniqlangan. 

 

Olot tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.T. fuqaro N.A.ning qizini tanishlari orqali qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 250 AQSH dollarini hamda fuqaro A.B.ni Qozog‘iston Respublikasi universitetidagi o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirib berishini aytib, 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlini aniqlangan.

 

Dang‘ara tumanida IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro M.T. fuqaro Z.A.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qo‘qon tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan  ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"