O'zbekiston

Mast holdagi shaxslarga tibbiy punktlar tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Mast holdagi shaxslarga tibbiy punktlar tashkil etiladi

 

Bugun, 4-noyabr kuni Hukumat qarori bilan Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

 

Nizomga ko‘ra, mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 o‘rinli tumanlararo tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil qilinadi.


Tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida ichki rejim hamda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida Milliy gvardiyaning qo‘riqlash bo‘linmalari tashkil etiladi.

 

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga jamoat joylarida (yashash joyidan olib borish bundan mustasno) mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib borish uchun quyidagi mezonlar asos bo‘ladi: 

 

—shaxsning maqsadli harakatlar sodir etish yoki o‘zi mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotganligi (biror joyda yotgan yoki o‘tirgan holati);


—shaxsning uyquchanligi, uyg‘otishning qiyinligi; 


—shaxsning tikka holatda mustaqil tura olmasligi; 


—nutqining noaniq, tushunarsiz, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan uzuq-yuluq alohida so‘zlardan tashkil topishi (g‘uldirashi); 


—savollarni yaxshi tushunmasligi, o‘zining qayerdaligini aniq anglab yetmasligi.

 

Mastlik holatidagi shaxslar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanadi va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib boriladi.

 

Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam ko‘rsatish punktida 12 soatgacha bo‘lganda dalolatnoma, 12 soatdan ko‘p vaqt bo‘lganda va tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan hollarda kasallik tarixi rasmiylashtiriladi.

 

Tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarni sutkaning tungi vaqtida (soat 23:00 dan 06:00 gacha) yoki yilning sovuq davrida chiqarib yuborish ularning qarindoshlari kuzatuvida amalga oshiriladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"