O'zbekiston

Issiqxona uchun ajratilgan kreditni qaytarish muddati uzaytirilishi mumkin

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, issiqxonada mahsulot yetishtirish va uni sotishning yangi mexanizmi ishlab chiqildi.

Issiqxona uchun ajratilgan kreditni qaytarish muddati uzaytirilishi mumkin

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. 

 

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq issiqxona bor. Ularning jami maydoni 6 ming 300 gektardan ziyod bo‘lib, shundan 4 ming 300 gektari so‘nggi besh yilda tashkil etilgan. Oziq-ovqatlarning uzluksizligini va eksportini ta’minlayotgan ko‘p mahsulotlar shu majmualarda yetishtirilmoqda.

 

Lekin so‘nggi paytlarda tashqi bozorlardagi cheklovlar va transport logistikasidagi uzilishlar bu tarmoqqa ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, aksariyat issiqxonalar biznes-rejasida 1 tonna mahsulot tannarxi o‘rtacha 600 dollar deb hisob-kitob qilingan bo‘lsa, 2020 yilda tannarx 900 dollarni va 2021 yilda 1 ming 200 dollarni tashkil etgan. Ayrim issiqxona xo‘jaliklarida kredit, soliq, tabiiy gaz va elektr energiyasi to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelgan.

 

Shu bois, Prezident topshirig‘iga ko‘ra, sohadagi muammolar o‘rganildi va tadbirkorlarning takliflari eshitildi. Ular asosida, issiqxonada mahsulot yetishtirish va uni sotishning yangi mexanizmi ishlab chiqildi.

 

Unga ko‘ra, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi issiqxonalarga urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘it va boshqa moddiy resurslarni yetkazib beradi, mahsulotni sotib olib, eksport qiladi. Karantin va o‘simliklar himoyasi agentligi ko‘chatlarni parvarishlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

 

Shu bilan birga, moliyaviy yengilliklar ham belgilanmoqda. Jumladan, issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun xalqaro moliya institutlari va davlat maqsadli jamg‘armalaridan ajratilgan kreditlarni qaytarish muddati 7 yildan 14 yilga hamda imtiyozli davri 3 yildan 5 yilga uzaytirilishi nazarda tutilmoqda. Kreditlarni qaytarish muddatlari hosilni yig‘ib olish va sotish muddatlariga moslashtiriladi.

 

Eksportbop mahsulot yetishtirishni rag‘batlantirish maqsadida xorijiy valyutadagi bank kreditlarini yillik 4 foiz stavkada ajratish mo‘ljallanmoqda. Sanoat tipidagi zamonaviy issiqxona va logistika markazlarini tashkil etish uchun yaxlit maydonlar ochiq auksion savdolariga chiqarilishi belgilanmoqda.

 

Davlat rahbari bu chora-tadbirlarni ma’qulladi. Meva-sabzavotlarni saqlash, saralash va qadoqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan savdo majmualari tashkil etish, yangi issiqxonalar uchun suv va elektr tarmoqlarini tortish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"