O'zbekiston

Hamshiralarning ish haqi oshiriladi

Prezident bu bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Hamshiralarning ish haqi oshiriladi

 

Bugun, 26 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishadi hamda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

 

Davlat rahbari yig‘ilish davomida hamshiralarni tayyorlash masalasiga e’tiborni oshirish lozimligini aytib o‘tdi.

 

“Jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi, hammasiga vrach javob beradi. Ammo operatsiyadan so‘ng bemorga kim qaraydi? Hamshira, albatta! Ammo biz uni qayerda o‘qityapmiz, unga nimalarni o‘rgatyapmiz?

 

Hamshiralarning malakasini oshirish masalasiga katta e’tibor qaratishimiz kerak. Hamshiralar uchun malaka oshirish vaqti bir oydan uch oygacha bo‘lishi va ularga jahon tajribasidagi barcha yutuqlar o‘rgatilishi kerak.

 

Katta shifokorlar o‘z yutug‘ini malakali hamshiralar bilan bog‘laydi. Hamshirani tanqid qilishdan oldin uni yetarlicha o‘qitishimiz kerak, sharoit va imkoniyat yaratib berish lozim.

 

Qaysi viloyat hokimi birorta hamshirani uy bilan ta’minladi? Hech biri? Ular uchun ipoteka imkoniyatlarini o‘ylab ko‘rish vaqti keldi.

 

Xozircha biz hamshiralarga adolatli maosh bera olganimizcha yo‘q. Tegishli mutasaddilar bu bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Vazirlar Mahkamasiga hamshiralarni o‘qitish va malakasini oshirish, mehnatiga haq to‘lash miqdorini oshirish, umuman, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish masalalarini o‘z ichiga olgan qaror loyihasini tayyorlashga topshiriq berildi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"