O'zbekiston

Raqamlar hujjatlarda bor, lekin amalda esa...

Ishli va yolg‘izqo‘l onalar uchun eng tinch va xavfsiz joy — bog‘cha. Ammo so‘nggi paytlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuzatilayotgan ovqatdan zaharlanish holatlari har qanday ota-onani bezovta qilishi tabiiy.

Raqamlar hujjatlarda bor, lekin amalda esa...

 

 

Yana bog‘chada bolalar ovqatdan zaharlandi

 

Avvalroq Navoiy viloyatida 10, Toshkent viloyatida 6, Qarshida 50 nafar bola bog‘chada ommaviy zaharlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Kecha esa Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim massasasining 20 nafardan ortiq tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgani aytildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 21 oktyabr kuni tumandagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir guruh tarbiyalanuvchilarida tana harorati ko‘tarilishi bilan Povulg‘on oilaviy shifokor punktiga murojaat bo‘lgan.

 

Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, mazkur bog‘chada 20 oktyabr kuni bayrami o‘tkazilib, tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmali stol dasturxoni qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, uzum, hurmo, olma, banan, tarvuz hamda turli qandolatlar bilan bezatilgan. Bolajonlar esa ushbu yeguliklardan tartibsiz ravishda iste’mol qilgan. (Tadbir qilmasang tadbir qil deb ezishadi, tadbir o‘tkazsang esa biror muammo chiqsa aybdorga aylanasan).

 

21 oktyabr kuni oilaviy shifokor punktiga bo‘lgan murojaat asosida 8 nafar bemor tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan. Dastlabki tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, ularda ovqatdan zaharlanish belgilari kuzatilmagan. Tegishli simtomatik davo muolajalaridan so‘ng ulardan 5 nafariga uyga javob berilgan.

 

Shuningdek, shifoxonaga yotqizilgan bog‘cha tarbiyalanuvchilaridan olingan tibbiy tahlil namunalari laboratoriyaga yuborilgan. Holat yuzasidan mutaxassislar tomonidan tekshiruv-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

Hozirda bolalar salomatligini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi nazoratiga olgan. Ammo mazkur hodisa yuzasidan MTVning telegram kanalida hech qanday rasmiy munosabat berilmadi. 


6 oyda 36 holatda ovqatdan zaharlanish holati qayd etildi.

 

Ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlari tobora ko‘payib borayotgani — dolzarb muammo. Ayniqsa, ertamiz egalari bundan ko‘p aziyat chekmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va Veterinariya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida 36 holatda ovqatdan zaharlanish qayd etilib, 176 nafar fuqarolar jabrlangan, ulardan 52 nafarini bolalar tashkil etgan. 

 

Xo‘sh, bu borada qabul qilingan qonun hujjatlari ishlayaptimi? Joylarda, ayniqsa, ta’lim muassasalarida umumiy ovqatlanish qoidalariga amal qilinyaptimi?Oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, yetkazib berish tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgan? Ta’lim maskanlarida bolalar iste’mol qilayotgan mahsulotlarga nega e’tibor sust?  Bu kabi muammolarga yechim topish asosiy vazifa hisoblanadi. Ammo savollarga aniq javob yo‘q. Muammo ko‘tariladi: mutasaddilar «o‘rganyapmiz» deya unisi bunga, bunisi unga tashlaydi, ertasi kuni tarmoqda boshqa mavzu trendga chiqadi. Eskisi esa unutilib ketaveradi. 

 

So‘nggi paytlarda bolalar o‘rtasida ham turli kasalliklar avj olmoqda. Aslida, bu ham sifatsiz, nosog‘lom ovqatlanish natijasida yuzaga keladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, sog‘lom ovqatlanishning 12 ta prinsipi mavjud. Tan olaylik, bizning mutaxassislarimiz, aynan ta’lim muassasalaridagi tibbiyot xodimlari, oshpazlarning aksariyati, afsuski, bu borada umuman tushunchaga ega emas. Sog‘liqni saqlash tizimida ham sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish, aholiga tushuntirish, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar ham qoniqarsiz. Raqamlar hujjatlarda bor, lekin amalda esa ...


Bahriniso Madumarova

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"