O'zbekiston

O‘zbek-qirg‘iz chegaraoldi hududida GES quriladi

Shuningdek, Sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish, to‘qimachilik majmuasini tashkil etish ham kutilmoqda.

O‘zbek-qirg‘iz chegaraoldi hududida GES quriladi

 

O‘zbek-qirg‘iz chegaraoldi hududida quvvati 6,7 MVt bo‘lgan Kogart kichik gidroelektr stansiyasi quriladi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Baxit Toroboyev o‘rtasida uchrashuvda maʼlum qilindi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

 

Onlayn bo‘lib o‘tgan uchrashuvda chegaraoldi hududda Sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish, to‘qimachilik majmuasi va Kogart kichik gidroelektr stansiyasini qurish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar investitsiya kelishuvlari to‘plamini ishlab chiqishni imkon qadar tezroq yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

 

Tomonlar quyidagi hamkorlikka kelishib olishdi:

 

Oziq-ovqat va urug‘lik kartoshka yetishtirishni tashkil etish;

Chorvachilik komplekslarini yaratish;

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, issiqxonalar uchun uskunalar va jun mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xomashyo yetkazib berish.

Shuningdek, transport va logistika sohasidagi hamkorlik sohasida yo‘lovchi avtobuslari va temir yo‘l tashishlarini qayta tiklash, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni ham ko‘paytiriladi.

 

Qolaversa, tomonlar “Irkeshtam — Daroot — Qo‘rg‘on — Uch-Qo‘rg‘on” avtomobil yo‘lini qurish imkoniyatlarini muhokama etib, ushbu yo‘nalishda barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirishdi.

 

Uchrashuvda alohida tartibda Bishkek shahrida Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining 10-yig‘ilishi va biznes-forumni ikki mamlakat mintaqalari rahbarlari ishtirokida yuqori tashkiliy darajada va mazmun jihatidan boyitilgan tarzda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"