O'zbekiston

Lola Yo‘ldosheva UNESCO elchisi bo‘ldi

“Bu men uchun katta mas’uliyat va muhim missiya”, — deydi xonanda.

Lola Yo‘ldosheva UNESCO elchisi bo‘ldi

 

Xonanda Lola Yo‘ldosheva 14-16-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan UNESCO'ning “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish” bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasining elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Uzreport” nashri yozmoqda.

 

Qayd etilishicha, 12-oktyabr kuni vazir Agrippina Shin unga elchilik sertifikatini topshirgan.

 

“Maftunkor xonandamiz bu vazifa uchun munosib nomzod. Vazirligimiz o‘z faoliyatini boshlagan dastlabki davrda tashkil etgan tadbirlarimizdanoq Lola biz bilan birga. Menimcha, u bizning vazirlik tizimidagi eng go‘zal va maftunkor qiyofa”, — deya ta’kidlagan vazir.

 

Xonanda esa o‘z Instagram sahifasida konferensiya elchisi bo‘lish u uchun mas’uliyatli va muhim vazifa ekanini yozib qoldirgan:

 

“Bu men uchun katta mas’uliyat va muhim missiya. Umid qilamanki, yuqori daraja va keng miqyosdagi bunday anjuman kuzatuvchilarimni maktabgacha ta’limning mamlakatimiz uchun alohida ahamiyatga ega ekaniga ishontirishga yordam beradi.

 

O‘zbekiston bu yil global voqealar xaritasida muhim nuqtaga aylandi. Men g‘urur bilan maktabgacha ta’lim sohasi rivojlanishi uchun dunyoga yangi turtki beradigan jamoa a’zosiga aylandim”, — deya izoh qoldirgan xonanda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"