O'zbekiston

Amir Temur haqida o‘zbek tilidagi eng eski qo‘lyozma aniqlandi

U Tojikistonning Dushanbe shahridan topilgan.

Amir Temur haqida o‘zbek tilidagi eng eski qo‘lyozma aniqlandi

 

Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eng eski qo‘lyozma aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati a’zosi, Tojikiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori, navoiyshunos olim Badriddin Maqsudov ma’lum qildi.


Maqsudovning aytishicha, kitobni Amir Temur haqida yozilgan va shu paytga qadar yetib kelgan turkiy qo‘lyozmalarning hozircha eng qadimiysi deyish mumkin. Ayni paytga qadar Amir Temur haqida bitilgan turkiy asarlarning eng qadimiysi 1713-yilda yaratilgan.


Kitobning xotimasida qo‘lyozma hijriy 1027-yil rajab oyi sanasi qayd etilgan. Bu 1618-yilning iyun-iyul oylariga to‘g‘ri keladi. Bu asarning ko‘chirilgan sanasi ekanligi va asar undan ham avval yozilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Hozircha qo‘lyozma kimning qalamiga mansub ekani, kim tomonidan, qayerda ko‘chirilgani ma’lum emas.

 

Kitobning mundarijasi, voqealar rivoji, bayon uslubi haqida aniq fikr aytish mushkul. Bu sahifalar bir qator taniqli mutaxassislar, manbashunos olimlarga ko‘rsatildi. Ularning fikricha, qo‘lyozma Qo‘qonda ko‘chirilgan, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” yoxud Abdulloh Hotifiyning “Temurnoma” asari asosida yaratilgan bo‘lishi mumkin. Aniq xulosa esa qo‘lyozma to‘liq o‘rganib chiqilganidan keyin aytilishi qo‘shimcha qilinmoqda.


 
Dushanbedan topilgan ushbu noyob qo‘lyozma nusxasini O‘zbekistonga keltirib, taniqli tarixchi va manbashunos olimlar yordamida chuqur tadqiq etish rejalashtirilgan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"