O'zbekiston

Samarqandda xalqaro gastronomik festival boshlandi

Festival ikki kun davom etadi.

Samarqandda xalqaro gastronomik festival boshlandi

 

Samarqand shahridagi Islom Karimov ko‘chasida Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan xalqaro gastronomik festival o‘tkazilmoqda. Unda Rossiya, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va boshqa davlatlarning mohir oshpazlari, shuningdek, O‘zbekistonning har bir viloyatidan pazandalar jamoalari, chet ellik sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari vakillari qatnashmoqda.

 

Mamlakatning gastronomik salohiyatini keng targ‘ib qilish, turizmning ushbu yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy pazandalik anʼanalarini ommalashtirish orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirish festivalning asosiy maqsadi hisoblanadi.

 

"Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi "G‘ofur ota" choyxonasida faoliyat yuritaman, – deydi oshpaz Anvarjon Qurbonov. – Festivalda o‘n yildan buyon viloyatimizning brend taomiga aylangan "Piramida osh"ni tayyorlayapmiz. Bu oshimiz o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi. Shuningdek, oshni tayyorlash jarayonining o‘zida sabzi to‘g‘raladi. Chunki, oldin to‘g‘ralgan sabzi biroz sifatini yo‘qotadi. Shu bois, oshimizga solinadigan har bir mahsulot shu yerning o‘zida tayyorlanmoqda. Mazasiga hakamlar, qolaversa festivalga kelgan aholi, turistlar baho berishadi." 

 

Ayni paytda ishtirokchilar taom tayyorlash jarayoni bilan band.

 

Festivalda tayyorlangan taomlarni xalqaro oshpazlik hakamlari baholab boradi. G‘olib oshpazlar munosib taqdirlanadi. 

 

Festival doirasida dunyoning taniqli oshpazlari tomonidan mahorat saboqlari o‘tkaziladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"