O'zbekiston

Yagona maktab formasini joriy etish bekor bo‘ldi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Yagona maktab formasini joriy etish bekor bo‘ldi

 

Kecha, 3-oktyabr kunim Hukumat qarori bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi” tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

 

Qaror bilan 2022/2023 o‘quv yilidan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yagona maktab formasini to‘liq joriy etish talabi bekor qilindi.

 

Konsepsiya “Yangi O‘zbekistonning yangi maktabi” g‘oyasi asosida maktablardagi ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.

 

Konsepsiyada belgilangan maqsadga erishish uchun, jumladan, maktablardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashda rahbar va pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning hamkorligi va mas’uliyatini oshirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

 

Maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi mavzu va g‘oyalar asosida ijodiy ishlar tanlovi, turkum ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbirlar tashkil qilinadi:

 

1) “O‘zbekiston – Vatanim manim”;
2) “Davlat ramzlari – faxrim, g‘ururim”;
3) “Davlat tili – millat ruhi”.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"