Jahon

Armaniston KXSHT mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydi

Harbiy-o‘quv mashqlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi.

Armaniston KXSHT mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydi

 

Armaniston Ozarbayjon bilan chegaradagi vaziyat tufayli Qozog‘istondagi KXSHT mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi. 

 

“Arman-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni hisobga olib... mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib Qozog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan KXSHT doirasidagi mashg‘ulotlarni ishtirok etmaslikka qaror qildi”, – deyiladi vazirlik axborotida. 

 

KXSHT harbiy mashqlari 26-sentyabrdan 8-oktyabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

 

Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyat sentyabr o‘rtalarida keskinlashdi. 13-sentyabr kuni ikki davlat harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar avj oldi. Rasmiy Boku Yerevanni provokasiyada ayblab, arman harbiylari ta’minot yo‘llarini minalashtirganini va otishmalar uyushtirganini ma’lum qilgan. 

 

Chegaradagi keskin vaziyatni hisobga olib Armaniston KXSHTga yordam so‘rab murojaat qildi. Bundan tashqari, bosh vazir Nikol Pashinyan Samarqanddagi SHHT davlat rahbarlari sammitidagi ishtirokini bekor qildi.

 

Avvalroq Ozarbayjon ozod qilingan Qorabog‘ hududlarini qayta tiklash uchun qancha mablag‘ ajratganini ochiqlagandi.

 

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"