O'zbekiston

Dunyo yetakchilarini o‘zbekona ruhda so‘zlatgan sammit

15-16-sentabr kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammiti bo‘lib o‘tdi.

Dunyo yetakchilarini o‘zbekona ruhda so‘zlatgan sammit

 

Xitoy Xalq Respublikasi raisi sammit doirasida unga "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenining topshirilishi o‘zbek xalqining xitoyliklarga chuqur do‘stlik tuyg‘usidan dalolat ekanini taʼkidladi va buyuk shoir Alisher Navoiyning «Yor o‘ling bir-biring‘izgakim, erur yorlig‘ ish» g‘azalidan iqtibos keltirdi.

 

«Ikki ming yil avval Buyuk Ipak yo‘li xalqlarimizni bog‘lagan. Biz bir-birimizdan foydali narsalarni oldik, bir-birimizdan o‘rgandik. Bundan 30 yil muqaddam diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi bilan aloqalarimiz yana-da mustahkamlandi. Endi esa O‘zbekiston Prezidenti bilan men xalqlarimizni umumiy taqdirga bog‘lash maqsadida yangi davrda Xitoy-O‘zbekiston har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirishga kelishib oldik», — deydi Si Szinpin.

 

Sammitda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ham ishtirok etdi. Ushbu tadbirdan so‘ng o‘z yurtiga jo‘nab ketgan Bosh vazir o‘zining Tvitter'dagi sahifasida o‘zbekistonliklarga minnatdorchilik bildirib, o‘zbek tilida post yozdi.

 

“SHHT sammitida samarali ikki va ko‘p tomonlaman uchrashuvlar olib bordik. O‘zbekiston xalqi va hukumatiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildiraman”,- deya yozib qoldirgan Bosh vazir.

Shuningdek, u "SHHT mintaqamizda ishonchli va xilma-xil taʼminot zanjirlarini rivojlantirishga harakat qilishi kerak", - degan fikrlarni ham yozib qoldirgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"