O'zbekiston

Taksi haydovchilari norozilik bilan chiqdi

Bunga aeroportda rasmiy taksi xizmati ishga tushgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Taksi haydovchilari norozilik bilan chiqdi

 

So‘nggi uch kun ichida Toshkent xalqaro aeroportida taksi haydovchilari tomonidan bir qancha provokatsiyalar sodir etildi. Bu haqda deb xabar Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 12-sentabr kuni taksi haydovchilaridan biri aeroport qo‘riqchisini aeroportga kiritmagani uchun mashinada urib yuborgan.

 

14-sentabr kuni taksi haydovchilari aeroport rahbariyatidan o‘z faoliyatini davom ettirish uchun ularga bepul to‘xtash joyi tashkil qilishni yoki old hovliga qo‘yib yuborishni talab qilib, rasmiy taksi xizmati mashinalari terminaliga kirishni to‘sib qo‘ygan.

 

Aeroport xodimlari huquq-tartibot idoralariga qo‘ng‘iroq qilib, taksi haydovchilariga nisbatan chora qo‘llash va Toshkent aeroporti ko‘chasida jamoat tartibini taʼminlash yuzasidan ariza yozgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent aeroportida rasmiy taksi ish boshlagani xabar qilingandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"