O'zbekiston

Toshkent xalqaro aeroportida yong‘in chiqdi

Buning oqibatida bir qator reyslar kechiktirilgan.

Toshkent xalqaro aeroportida yong‘in chiqdi

 

Bugun, 11-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportidagi uchib ketish terminalida kichik yongʻin sodir bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar qilmoqda.

 

Hodisa joyiga “Toshkent” aeroportining tegishli xizmatlari – Aeroport Yong‘in-qutqaruv xizmati, Parvozlarni elektr-yoritish bilan ta’minlash xizmati va Aviatsiya xavfsizligi xizmati navbatchilik brigadalari zudlik bilan yetib kelishgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga birinchi qavat tagidagi transformator podstansiyasida joylashgan uzluksiz elektr ta’minotining (UPS) qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Qisqa tutashuv oqibatlarini bartaraf etish hamda voqea joyida ishlayotgan xizmatlar xodimlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida aeroport terminalini ma’lum muddatga elektr energiyasidan uzib qo‘yishga qaror qilingan.

 

“Yerto‘ladan ertalab soat 10:30 atrofida tutun chiqa boshladi. Aeroport xodimlarining tezkorligi va shahardan kelgan o‘t o‘chirish brigadalari ko‘magida yong‘in tezda bartaraf etildi. Soat 10:40da aeroportni vaqtincha elektr ta’minotidan uzishga to‘g‘ri keldi. Bir qator reyslar kechiktirildi. Hozirda aeroportning tegishli xizmatlari hodisa joyida ishlamoqda va qisqa tutashuv sabablarini bartaraf etmoqda”, —  deya izoh bergan “Uzbekistan Airports Handling” MCHJ direktori Umid Hamrayev.

 

Ayni damda Olmaotaga - KS-128, Nur-Sultonga - HY-721 va Moskvaga - SU-1975 uchayotgan reyslar kechiktirilgan. Aeroport xizmatlari havo bandargohini imkon qadar tezroq ochish uchun bor kuchini sarflamoqda.

 

Hozirgi vaqtga kelib, terminalning katta qismida elektr energiyasi tiklangan. “Toshkent” aeroportining uchib kelish zali va mahalliy aviaqatnovlar terminali odatdagi rejimda faoliyat olib bormoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"