O'zbekiston

Navoiydagi bog‘chada bolalar ommaviy zaharlangani aytildi

Holatga viloyat prokuratuasi izoh berdi.

Navoiydagi bog‘chada bolalar ommaviy zaharlangani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 6-sonli MTTda bolalar ommaviy zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 9-sentabr kuni soat 17:00 da Karmana tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga 10 nafar voyaga yetmagan bola umumiy holsizlik, qusish va ich ketishi kabi klinik belgilar bilan yotqizilgan.

 

Ushbu belgilar bo‘yicha bemorlarga yuqumli kasalliklar bo‘limi tomonidan “oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi” tashxisi qo‘yilib, ularning 9 nafariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ahvoli qoniqarli bo‘lganligi sababli kasalxonadan chiqarilgan.

 

Hozirda 1 nafar bola o‘tkir resperator, yuqori nafas yo‘llarining shamollashi tashhisi bilan davolanmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan Karmana tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

“Tergovga qadar tekshirish natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"