O'zbekiston

Jizzaxda Neksiya yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

Hodisa oqibatida 2 kishi vafot etgan.

Jizzaxda Neksiya yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

 

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 9-sentabr kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qilmoqda.

 

Avtohalokat soat 06:05 larda Paxtakor tumani hududidan o‘tuvchi 4P-35 avtomobil yo‘lining 38-kilometrida yuz bergan. Do‘stlik - Jizzax yo‘nalishida harakatlanayotgan Neksiya qarama-qarshi yo‘nalishdagi PAZ-3307 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

 

Voqea joyiga FVB qutqaruvchilar bo‘linmasi yetib borib, Neksiya salonida qisilib qolgan haydovchi va old o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchini maxsus uskunalar yordamida chiqarib olishgan.

 

YTH oqibatida Neksiya haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"