O'zbekiston

Jurnalistika universitetida talabani kaltaklagan xodim ishdan olindi

Yana 2 kishiga hayfsan berilgan.

Jurnalistika universitetida talabani kaltaklagan xodim ishdan olindi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi rektorga salom bermagani uchun xodimlar tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan O‘zJOKU matbuot xizmati rasmiy bayonot e’lon qildi.

 

Qayd etilishicha, bugun, 10-sentabr kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Odob-axloq komissiyasining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

 

Unda joriy yilning 9-sentabr kuni universitet talabasi J.Mahmudov hamda universitet xodimlari U.Rustamov, X.Mirzayev, F.Ochilovlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan kelishmovchilik holati ko‘rib chiqilgan.

 

Ma’lum bo’lishicha, universitet xodimi X.Mirzayev talaba bilan o‘zaro qo‘pol muomala sababli shaxsiy tortishuvga borgan. Vaziyat universitet profilaktika noziri H.Sodiqov tomonidan o‘rganib chiqilgan va shu kunning o‘zida tomonlar yarashuvi qarori qabul qilinib, masalaga yechim berilgan.

 

Biroq yarashuv qarori qabul qilinganiga qaramay, universitet ichki mehnat tartibi qoidalari buzilganligi yuzasidan chora ko‘rilishi lozim deb topilgan.

 

Mehnat kodeksining 181-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo chorasi, ya’ni o‘z vakolati doirasidan tashqariga chiqqanligi sababli X.Mirzayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Boshqa xodimlar U.Rustamov va F.Ochilovga nisbatan hayfsan intizomiy chorasini qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilingan. Shuningdek, universitet rahbariyatiga o‘z vaqtida xabar bermaganligi sababali profilaktika noziri kapitan H.Sodiqovga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi uchun tuman Ichki ishlar organiga tavsiya yuborildi.

 

“Shuni yana bir bora ta’kidlaymizki, Universitet ma’muriyati ustoz-shogird an’analari, talabalar huquqini himoya qilish va jamoada o‘zaro hurmat kabi qadriyatlarga qat’iy rioya qiladi”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"