O'zbekiston

Toshkentning ikkita tumanida “svet” o‘chib qoldi

Vazirlik elektr ta’minoti qachon tiklanishini ma’lum qildi.

Toshkentning ikkita tumanida “svet” o‘chib qoldi

 

Toshkent shahrining ikkita tumanida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, bugun soat 21:10 da Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli 110 kV tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Buning natijasida Yashnobod tumanining Aviasozlar, “Gʻalabaning 40 yilligi” massivlari, Muxtor Ashrafiy ko‘chalari va Mirobod tumanining Fitrat, Yangi Zamon, Inoqobod, Fayzobod, Eski Otchopar, Oqbilol ko‘chalarida elektr ta’minotida uzilish yuz bermoqda. 

 

Hozirda Energetika vazirligi, Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa fursatda (1,5 soatda) yakunlanadi va elektr ta’minoti qayta tiklanadi. 

 

“Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vazirligi bayram kunlari iste’molchilarga energiya resurslari barqaror yetkazib berilishini ma’lum qilgandi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"