O'zbekiston

Oʻzbekistonlik talabalar Prezidentga Rossiyada oʻqishdan chetlatilayotgani boʻyicha murojaat qildi

Holatga vazirlik rasmiy munosabat bildirdi.

Oʻzbekistonlik talabalar Prezidentga Rossiyada oʻqishdan chetlatilayotgani boʻyicha murojaat qildi

 


Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti va Kuban davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalari murojaati e’lon qilindi. 


Unda Kuban davlat tibbiyot universitetida “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni davom ettirish uchun tashkil etilgan imtihonlarda yetarli ball to‘play olmagan ayrim talabalarning noroziligi aks etgan. Cog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan olib borilgan tezkor o‘rganishlar natijasini ma’lum qildi.


Qayd etilishicha, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Rossiyaning Kuban davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda “Davolash ishi” va “Stomatologiya” qo‘shma ta’lim yo‘nalishlari tashkil etilgan. 


2019 yil 27 martda ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga muvofiq, o‘qishga qabul qilingan talabalarning “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha 3 yil O‘zbekistonda va 3 yil Rossiya Federasiyasida, “Stomatologiya” yo‘nalishida esa 3 yil Farg‘onada hamda 2 yil Rossiyada ta’lim olishi belgilangan.


2021-2022 o‘quv yili yakuni bo‘yicha “Stomatologiya” yo‘nalishida 46 nafar, “Davolash ishi” yo‘nalishida 40 nafar talaba 3-bosqichni bitirib, 2022 yil 21 avgust kuni Rossiya Federasiyasining Kuban davlat tibbiyot universitetiga o‘quv yurti mutasaddilari boshchiligida yuborilgan. 


25 avgust kuni Kuban davlat tibbiyot universitetida “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqichini bitirgan talabalaridan imtihon olinganda, 46 nafaridan 25 nafari belgilangan ballni to‘plab, o‘qishni davom ettirishga tavsiya etilgan. Qolgan 21 nafar talaba belgilanganidan past ball jamg‘argani uchun imtihondan o‘ta olmagan.


Shundan so‘ng ushbu talabalar va ularning ota-onalari tomonidan bildirilgan murojaat asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Rossiya tomoni, jumladan, Kuban davlat tibbiyot universiteti ma’muriyati bilan tegishli muzokaralar olib bordi. Natijada imtihondan o‘ta olmagan talabalar rus tilini puxta egallash sharti bilan ushbu universitetda o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"