O'zbekiston

Barcha davlat OTMlarida kontrakt oshirilmaydi—vazirlik

Moliyaviy mustaqillik berilgan ta’lim muassasalarida ham shartnoma to‘lovi o‘zgarishsiz qoladi.

Barcha davlat OTMlarida kontrakt oshirilmaydi—vazirlik

 

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziligi axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Talabalar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish, global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno  tariqasida,  2022/2023 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida ham, bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

 

“Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga bergan alohida e’tibori, jumladan talabalarga oliy ta’lim olishlari uchun ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi, xalqchil siyosati natijasida 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

 

2022/2023 o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"