O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan muzey haqida nimalarni bilasiz?

Ayni paytda Prezident rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi.

Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan muzey haqida nimalarni bilasiz?

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Musulmon olami ligasi nazoratidagi Payg‘ambar hayoti va Islom sivilizatsiyasi xalqaro ko‘rgazmasi va muzeyiga ham tashrif buyurdi. Mazkur muzey Musulmonlar Dunyosi Ligasi (MWL) nazoratida ostidagi Islom muzeylarining birinchisidir.

 

Madinadagi Payg‘ambarlar jome masjidi yonida joylashgan muzey 24 soat davomida ochiq bo‘lib, Islom olami tarixi va Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) hayotiga bag‘ishlangan

 

Ko‘rgazmada o‘nlab rasmlar va interaktiv displeylar mavjud. Ayni paytda tashrif buyuruvchilar uchun yetti — arab, ingliz, ispan, urdu, fransuz, turk va indonez til mavjud. Shuningdek, bu yerda 4DX teatri ham bor. Unda Payg‘ambar hayoti haqida bir qator filmlar namoyish etiladi.

 

Ko‘rgazmadagi 25 ta pavilondan biri Islomdagi ayollar tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, haqiqat va ezgulik to‘g‘risida xabar beradi. Pavilon, shuningdek, bolalarning Payg‘ambar hayotidagi ahamiyatini ham yoritib beradi. Ular bilan qanday o‘ynagani va ularni qanday qilib eng yaxshi tarzda tarbiyalash borasida bergan maslahatlari haqida hikoya qiladi.

 

Boshqa bir pavilonda 3D, virtual reallik va kengaytirilgan reallik texnologiyalari Payg‘ambarning shaxsiy narsalarini, shu jumladan, mebellari, kiyimlari, poyabzallari va hatto taroqlarining tafsilotlarini qayta qurish va tavsiflash uchun ishlatiladi.

 

Boshqa bir pavilon Allohning 99 ismiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda har bir ism nimani anglatishini va uning insoniyat bilan bog‘liqligini tushuntiradi. Xuddi shu pavilonda kosmosga bag‘ishlangan eksponatlar, turli xil astronomik obyektlarning Islom va insoniyat bilan aloqadorligidan so‘zlaydi. Shuningdek Yerning geografiyasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar bor.

Boshqa bir pavilon boshqa payg‘ambarlarning hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning xususiyatlarini Qurʼon va Sunnatda bayon qilinganidek, ularning hayotlari haqida qisqacha maʼlumot beradi. Bu yerda siz payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning tug‘ilishidan to o‘limigacha bo‘lgan hayotidagi eng muhim voqealarni ko‘rib chiqishingiz mumkin. Bu interaktiv ekranlardan foydalangan holda, 1 400 yil oldin hayot paytida Makka va Madinaga tashrif buyuruvchilarni qaytarib beradi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Muzey ikki qavat bo‘lib, 5000 kvadrat metrni tashkil etadi. Bu yerdagi 25 ta asosiy pavilon Muhammad alayhissalom va boshqa payg‘ambar hayotini aks ettiradi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar Payg‘ambarimiz davridan meros bo‘lib qolgan 500 ta qadimiy buyumlarni tomosha qilish mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz,  Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgani, Madinai munavvaraga yetib borib, tashrifini boshlagani,  Prezident Masjidun Nabaviyda namoz o‘qigani va Payg‘ambar alayhissalom qabrini ziyorat qilgani haqida xabar berilgandi

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"