O'zbekiston

Toshkent metrosi poyezdida chiroq oʻchib qoldi

Shundan so‘ng yo‘lovchilar bekatda tushirilgan.

Toshkent metrosi poyezdida chiroq oʻchib qoldi

 

Bugun, 16-avgust kuni Toshkent metrosining “Oʻzbekiston” yoʻnalishida harakatlanayotgan poyezd vagonida chiroq oʻchib qoldi. 


Metropolitenning maʼlum qilishicha, soat 17:33 lar atrofida “Chorsu” bekatidan “Tinchlik” bekatiga harakatlanayotgan 33-sonli harakat tarkibining vagonlarini yorugʻlik chiroqlari bilan taʼminlash tizimida qisqa muddatli nosozlik yuzaga kelgan. 

 

Mashinist esa belgilangan yoʻriqnomaga asosan, harakat tezligini pasaytirib, “Tinchlik”| bekatiga kirib kelgan va yoʻlovchilarni shu yerda qoldirgan. 2 daqiqadan soʻng kelgan 31-sonli harakat tarkibi bekatdagi barcha yoʻlovchilarni “Beruniy” bekatigacha olib borgan.

 

“Hozirda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulaylik uchun barcha yoʻlovchilardan uzr soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"