O'zbekiston

Oʻzbekistonda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya mutaxassislari tayyorlanadi

Bu yoʻnalishlarda oʻquv jarayoni 3 yil davom etadi.

Oʻzbekistonda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya mutaxassislari tayyorlanadi

 

2022/2023-oʻquv yilidan Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Respublika  shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida “Transplantologiya” va “Kardioxirurgiya” mutaxassisliklari boʻyicha klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olish yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Muassasalarga Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan mahalliy va xalqaro tajribaga asoslangan holda ushbu mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv dasturlari tuzish boʻyicha topshiriqlar berilgan.

 

“Kardioxirurgiya” va “Transplantologiya” mutaxassisliklarining murakkabligini hisobga olgan holda, ularga faqatgina “Xirurgiya” buyicha magistratura yoki “Umumiy xirurgiya” klinik ordinatura (rezidentura)ni bitirgan mutaxassislar hujjat topshira oladi.

 

Nomzodlar umumiy tanlov asosida qabul qilinishi belgilangan boʻlib, bu yoʻnalishlarda amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻquv jarayoni 3 yil davom etadi.

 

Maʼlumot uchun, joriy oʻquv yilidan boshlab maqsadli va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan klinik ordinatorlarning oʻquv jarayoni birinchi va ikkinchi (oʻqish muddati 3 yil boʻlgan mutaxassisliklar uchun) yillari tibbiyot institutlari klinikasi va ixtisoslashgan markazlarda oʻqitiladi. 

 

Oʻquv davrining bitiruv (ikkinchi, uchinchi) yilining ikkinchi semestrida (oʻquv muddatining oxirgi oʻquv semestrida) hududlardagi ixtisoslashgan tibbiyot markazlari filiallari, viloyat bolalar va kattalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi filiallarida oʻquv amaliyot semestri oʻtkaziladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"