O'zbekiston

SHHT ayollar forumi Toshkentga ko‘chirildi

Avvalroq u Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.

SHHT ayollar forumi Toshkentga ko‘chirildi

 

Toshkentda 19-avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Oliy Majlis Senati xabar berdi.

 

Avvalroq ushbu forumni 18-19 avgust kunlari Samarqand shahrida o‘tkazish ma’lum qilingandi. Senat xabariga ko‘ra, forum Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

 

Ta’kidlanishicha, forum SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida barqaror rivojlanish maqsadlarining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va gender tengligini ta’minlash, tashkilot makonida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish sohasida tajriba almashish maqsadida o‘tkazilmoqda.

 

Tadbir davomida biznes-konferensiya, ayol tadbirkorlar ishtirokida B2B muhokamalar, milliy an’analarimizni namoyon etuvchi ko‘rgazmali dasturlar tashkil etiladi.

 

Ma’lumot uchun: SHHT 2001 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo hisoblanadi.

 

Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.


O‘tgan yili sentyabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish va Misr, Qatar hamda Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish tartibi boshlangan.

 

Bu yil Belarus SHHTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi. Hozirda O‘zbekiston tashkilotga raislik qilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"