O'zbekiston

Munosabatga javoban mas’uliyat ham bo‘lishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Toshkentdagi mahallaga tashrif buyurdi.

Munosabatga javoban mas’uliyat ham bo‘lishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Sobirobod mahallasiga bordi.

 

Bu yerda 10 mingga yaqin aholi yashaydi. Mahallabay tizim natijasida ijtimoiy muhim masalalar hal etilmoqda. Ko‘p qavatli uylarning qiyofasi yangilandi, yo‘laklari, kommunikasiya tarmoqlari ta’mirlandi.

 

Mahalla hududidan o‘tuvchi Yuqori Qoraqamish kanali atrofi ilgari qarovsiz, ko‘rimsiz joy edi. Endilikda obodonlashtirilib, so‘lim xiyobonga aylantirildi. Piyodalar uchun ko‘priklar, bolalar o‘yingohi va sport maydonchalari, velosiped yo‘lagi, favvora barpo etildi. O‘rindiqlar, shaxmat stoli, charxpalak o‘rnatildi. Daraxtlar ekilib, chimlar yotqizildi. Kanal atrofidagi hududda 300 metr uzunlikdagi ishkomlar o‘rnatilib, uzumlar ekildi.

 

Davlat rahbari ushbu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Mahalla faollari, nuroniylar bilan suhbatlashdi.

 

“Hozir mahalla faollari katta bir komanda bo‘ldi. Raisning yonida o‘rinbosarlari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, profilaktika noziri bor. Bo‘lgandayam, oyligi, sharoiti, vakolati bilan bor. Endi shunday munosabatga javoban mas’uliyat ham bo‘lishi kerak. Jamiyatdagi o‘zgarishlarda mahalla tashabbuskor, xalqqa yelkadosh bo‘lishi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Sobirobod mahallasining o‘sish nuqtasi - tadbirkorlik. Bu yerda o‘nlab sub’yektlar – ishlab chiqarish korxonalari, maishiy xizmat shoxobchalari, xususiy klinikalar, oziq-ovqat do‘konlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bunday ishlar boshqa mahallalarda ham yo‘lga qo‘yilgan.

 

Shu yerda Bosh vazir o‘rinbosarlari mahalla faollari oldida Yunusobod tumaniga qancha investisiya jalb etilishi, qancha ish o‘rni yaratilishi bo‘yicha axborot berdi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"