O'zbekiston

Endi 15 yillik oliy toifali pedagog attestatsiya topshirmaydi

Bu bo‘yicha Hukumat qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

Endi 15 yillik oliy toifali pedagog attestatsiya topshirmaydi

 

 

2 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga 572-sonli qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

 

Unga muvofiq, oliy malaka toifaga ega bo‘lganidan so‘ng uni 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga (shu jumladan, dekret ta’tili davri ham) ega bo‘lgan pedagog kadrlar  majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydigan pedagoglarga aniqlik kiritildi.

 

Hozirgi aniqlashtirilgan tahrirga asosan pedagog-kadrlar oliy toifali bo‘lib, o‘z darajasini 3 marta majburiy attestasiyada tasdiqlaganlaridan so‘ng umrbod oliy toifali bo‘lishlari mumkin.

 

Misol uchun, 2022 yilda oliy ta’lim muassasasini bitirgan pedagog navbatdan tashqari attestatsiya imkoniyatlaridan foydalanib, 2024 yilda oliy toifali bo‘ladi va shundan boshlab 15 yil ichida 3 marotaba (2029, 2034 va 2039 yillarda) tasdiqlaydi. Bunday holatda pedagog 39 yoshida pensiyagacha oliy toifani saqlab qoladi.   

 

Avvalgi tahrirda 15 yil davomida oliy toifaga ega bo‘lmay 16-yilda oliy toifani olgan pedagoglar avtomatik ravishda umrbod oliy toifani saqlab qolishi mumkin yoki mumkin emasligi borasida turli talqinlar ham yuzaga kelgan. 

 

Bu esa avvallari 1-toifali bo‘lib, so‘nggi attestatsiyada oliy toifani olgan ba’zi ustozlarning keyinchalik o‘z malakasini oshirib bormasligiga sabab bo‘layotgan edi.

 

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"