Jahon

Shimoliy Koreya koronavirusni to‘liq yengdi

Mamlakatda barcha bemorlar kasallikdan sog‘aygani ma’lum qilindi.

Shimoliy Koreya koronavirusni to‘liq yengdi

 

 

Shimoliy Koreya barcha bemorlar COVID-19 infeksiyasidan sog‘ayganini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “Korrespondent” nashri xabar qildi. 

 

Qayd etilishicha, mamlakatda virus ustidan g‘alaba qozonilgan. Rasmiylar epidemiyaga qarshi vaziyat muayyan barqarorlik bosqichiga o‘tganini aytmoqda.

 

“KXDR epidemiyaga qarshi milliy siyosat va chora-tadbirlarni amalga oshirishda mukammallikni saqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini ikki baravar oshiradi hamda epidemiyaga qarshi tizimni yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshiradi”, — deyiladi bayonotda.

 

Bunday ishlar COVID-19 ning yangi turlari ustidan monitoringni kuchaytirish va tibbiyot xodimlarini tezkor safarbar etish choralarini ko‘rishni o‘z ichiga oladi.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Shimoliy Koreyada koronavirus avj olgan edi. 4,77 millionga yaqin fuqaro kasallikdan aziyat chekkan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"