O'zbekiston

Endi advokatlik faoliyatini elektron litsenziyalash mumkin

Yangi tartib 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Endi advokatlik faoliyatini elektron litsenziyalash mumkin

 

5-avgust kuni Hukumat qarori bilan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

 

Nizomga ko‘ra, advokatlik faoliyatini litsenziyalash fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish, shuningdek, ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish ixtisosliklari bo‘yicha amalga oshiriladi.

 

Har bir advokat tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u bo‘yicha malaka imtihoni topshirish huquqiga ega.

 

Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
—O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
—oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi;
—yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lishi;
—advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka o‘tagan bo‘lishi;
—malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo‘lishi.

 

Talabgor lisenziya olish uchun arizani “Lisenziya” AT yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi. Arizalar har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

 

Tanlangan har bir ixtisoslik bo‘yicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun 3 oy ichida tegishli litsenziyalovchi organ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari)ga murojaat qilishi kerak. 

 

Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo‘yicha cheklanmagan muddatga beriladi va O‘zbekistonning butun hududida amal qiladi.

 

Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 50 foizi (150 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im to‘langach, ariza avtomatik tarzda talabgorning doimiy yashash joyidagi litsenziyalovchi organga yuboriladi. Shunga ko‘ra, ariza 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

 

Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga xabarnoma yuboriladi. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga davlat boji (BHMning 1 baravari – 300 ming so‘m) to‘laydi. Davlat boji to‘langach, talabgorga elektron shaklda QR-kod qo‘yilgan litsenziya yuboriladi.   

 

Mazkur tartib 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"