O'zbekiston

Toshkentda institut o‘qituvchisi pora bilan qo‘lga tushdi

U o‘qishga kiritish evaziga 6000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Toshkentda institut o‘qituvchisi pora bilan qo‘lga tushdi

 

O‘qishga kiritib qo‘yish va o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

 

Qayd etilishicha, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro Z. I. fuqaro Gʻ.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 7500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, ushbu institut katta o‘qituvchisi B. M. fuqaro Z.I. dan 6000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

 

Shuningdek, Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z. O‘. fuqaro I.ning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi universitetidagi o‘qishini Farg‘ona davlat universitetiga ko‘chirib berishni 1500 AQSH dollariga kelishib, shundan 1 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, qolgan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"