O'zbekiston

Xorazmda bola bog‘chada emas, shifoxonada vafot etgan

Xorazm viloyat prokuraturasi bu bo‘yicha rasmiy maʼlumot berdi.

Xorazmda bola bog‘chada emas, shifoxonada vafot etgan

 

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Xonqa tumanidagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etdi” sarlavhali xabarlar tarqaldi. Biroq holat ayrim internet nashrlari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan. Ushbu vaziyat yuzasidan Xorazm viloyat prokuraturasi rasmiy maʼlumot bilan chiqdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Xonqa tumani, “Toma” mahallasida joylashgan 24-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 2-katta guruh tarbiyalanuvchisi O‘rinboyev Shodiyor Azizbek o‘g‘li (30.06.2017 yilda tug‘ilgan, 5 yosh) 03.08.2022 yil bog‘chada tushlikdan keyin soat 12.20 larda o‘zini yomon xis qila boshlaganligini payqagan tarbiyachi A.Ro‘zmetova bog‘cha hamshirasi A.Jumaboyevani chaqirgan.

 

Hamshira A.Ro‘zmetova tomonidan Sh.O‘rinboyevga birinchi yordam ko‘rsatilgan va bu haqda tez tibbiy yordam hamda bolaning ota-onasiga xabar berilgan.

 

Sh.O‘rinboyev tez tibbiy yordam mashinasida Xonqa TTB olib borilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

 

Marhum Sh.O‘rinboyevning ota-onasi A.Qalandarov va M.Artiqbayevalarga ko‘ra, Sh.O‘rinboyevning tutqanog‘i tutib turgan. Biroq bu haqda maktabgacha taʼlim muasasasi xodimlarini ogohlantirishmagan, shuningdek, Sh.O‘rinboyev epilepsiya yoki boshqa kasallik bilan tibbiyot birlashmasida hisobda turmagan. 

 

Mazkur holat yuzasidan Xonqa tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"