O'zbekiston

O‘zbekiston va Ozarbayjon ishlab chiqaruvchilari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon ishlab chiqaruvchilari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

 

O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma investitsiya jamg‘armasi tashkil etish, zargarlik fabrikasi va ipak ishlab chiqarish klasteri qurishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov va investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayevning muzokaralari yakunlarida maʼlum qilindi.

 

Xuchusan, investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasi muhokamasi doirasida Bard shahri yaqinidagi 6 ta tumanda klasterini tashkil qilib, ipak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, Yevlax pilot agroparki va Agdam sanoat parkida yangi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha qator masalalar kelishib olindi. Shu bilan birga, Toshkent shahrida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish, kimyo sanoati, energetika, neft va gaz sohalarida hamkorlikni rivojlantirish kabi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

 

Mazkur yo‘nalishdagi amaliy tadbirlarni muhokama qilish jarayonida tomonlar joriy yilning noyabr oyida Toshkentda hududlarning birinchi forumini, shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjonning turli viloyatlaridagi ishlab chiqaruvchilar ko‘rgazmasini tashkil etishga kelishdilar.

 

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"