O'zbekiston

Uchta viloyatda o’qishga kirituvchi firibgarlar aniqlandi

Tezkor tadbirlar davomida 6000 ming AQSH dollari va 22 mlnlik korrupsion holat fosh bo‘lgan.

Uchta viloyatda o’qishga kirituvchi firibgarlar aniqlandi

 

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

 

Qayd etilishicha, Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.E. fuqaro A.ning tanishini Namangan davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 AQSH dollari va 22 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X. N. boshqa bir fuqaro J.ni Samarqand davlat univeritetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2000 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

 

Shuningdek, IIB xodimlari bilan hamkorlikda Kogon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N. E. fuqaro M.ni 1500 AQSH dollari evaziga tanishlari orqali Buxoro shahridagi Jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"