O'zbekiston

Navoiyda 3 mlrd so‘mlik antimayner qurilmalari o‘g‘irlab ketildi

Holat yuzasidan ikki kishi qo‘lgan olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Navoiyda 3 mlrd so‘mlik antimayner qurilmalari o‘g‘irlab ketildi

 

Navoiy viloyatining Karmana tumanida 30 ta antimayer qurilmalari noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Joriy yilning 31-may kuni Navoiy shahrida yashovchi A. F. murojaat qilib, Karmana tumani “Sardoba” mahallasidagi issiqxona hududiga o‘rnatilgan, umumiy qiymati 3 mlrd 285 mln so‘mlik 30 ta “ANTMAYNER T19” qurilmalarini noma’lum shaxslar o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.

 

Mazkur o‘ta og‘ir jinoyatni fosh etish maqsadida IIV Kiberxavfsizlik markazi va uning Navoiy viloyati bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-texnik tadbir o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, A. Gʻ.ga tegishli 2 dona “ANTMAYNER T19” apparatlari 1999-yilda tug‘ilgan Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi, antimayner qurilmalarini ta’mirlovchi usta I. A. tomonidan foydalanib kelinayotgan bo‘lgan. 

 

Shundan so‘ng A. F. Ibragimov bilan tezkor surishtiruv olib borilib, mazkur antimayner qurilmalarni o‘g‘irlagan shaxslar (1995-yilda tug‘ilgan Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi N. F. va R. A.lar) aniqlangan. 

 

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, N. F. va R. A.lar qo‘lga olingan va N. F.ning yashash xonadonidan 11 dona “ANTMAYNER T19” qurilmalari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

 

Hozirda qo‘lga olingan N .F. va R. A.larning “Quroltayev Alibek” ismli hamda boshqa jinoiy sheriklarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"