O'zbekiston

Texnikumlarda sirtqi va kechki taʼlimni tashkil etish tartibi belgilandi

Nizomga koʻra, oʻquv jarayonlari mustaqil yoki masofaviy shaklda amalga oshiriladi.

Texnikumlarda sirtqi va kechki taʼlimni tashkil etish tartibi belgilandi

 

 

Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida sirtqi hamda kechki taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi. Bu boʻyicha kecha, 28-iyul kuni Hukumat qarori qabul qilingan.

 

Unga koʻra, sirtqi va kechki taʼlimga oʻquvchilarni qabul qilish:
—sirtqi va kechki shaklda – boshlangʻich professional, kasb-hunar kolleji, umumiy oʻrta (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi tegishli hujjatga;


—ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning sirtqi va kechki shaklida – bir kasb yoki mutaxassislik doirasida ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar)ni egallash uchun tegishli kasb yoki mutaxassislik boʻyicha professional taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatga ega shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Oʻquvchilarga oʻquvchilik guvohnomasi bepul beriladi. Oʻquv semestri yakunigacha sirtqi taʼlimda oʻqish mustaqil, shu jumladan, masofadan turib taʼlim olish shaklida amalga oshiriladi.

 

Kechki taʼlimda esa oʻqish odatda kunduzgi smenadan keyingi vaqtda auditoriya mashgʻulotlari (maʼruza, amaliy, laboratoriya) shaklida hamda oʻquvchilarni asosiy ish joyidan ajralmagan holda mustaqil, shu jumladan, masofadan turib oʻqitish shaklida amalga oshiriladi.
Kechki taʼlimda oʻqish (kunduzgi taʼlimdan farqli ravishda) bir haftada, odatda, 4-5 kun amalga oshiriladi va haftalik oʻquv soati hajmi 20 soatdan oshmaydi. 

 

Sirtqi taʼlim oʻquvchilariga oʻquv sessiyasida ishtirok etishi, bitiruvchi bosqich oʻquvchilariga yakuniy davlat attestatsiyalaridan oʻtishi, bitiruv malakaviy ishini himoya qilishi uchun ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha taʼtil beriladi.

 

Mazkur tartiblar Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"