O'zbekiston

Xonandalardan daromad solig‘i undirish miqdorlari belgilandi

Qaysi sanʼatkorlar davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi maʼlum bo‘ldi.

Xonandalardan daromad solig‘i undirish miqdorlari belgilandi

 

Bu “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra, konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi ijrochilarning reyting guruhlari soni 6 tadan 3 taga qisqartirildi.

 

Reyting guruhlari quyidagicha taqsimlanadi:

I reyting guruhi:
 

  • respublika hududida va uning tashqarisida yakkaxon konsert tashkil etish;
     
  • II va III reyting guruhlari ijrochilari uchun nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish;

 

II reyting guruhi:

  • bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturida, turli janrlar yo‘nalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturida qatnashish;
     
  • OAVda qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etish;
     
  • III reyting guruhi ijrochisi uchun nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish;
     

III reyting guruhi:
 

  • to‘y, yubiley, tantanalarda konsert-tomosha xizmatlarini ko‘rsatish;
     
  • sozanda va raqqos(a)lar tomonidan bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturlarini tashkil etish va ularda qatnashish.
     

 

Konsert-tomosha faoliyati litsenziyasi uchun davlat bojini undirish 2022-yil 1-sentyabrdan:

Davlat boji stavkalari pasaytiriladi:
 

  • reyting guruhi uchun BHMning 20 baravari;
     
  • II reyting guruhi uchun BHMning 10 baravari;
     
  • III reyting guruhi uchun BHMning 3 baravari;
     

Quyidagi sanʼatkorlar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi:

 

  • yoshga doir pensiya olish huquqiga ega;
     
  • nogiron;
     
  • taʼlim muassasalarida o‘qiydigan talabalar – o‘qish muddati davomida;
  • Yuridik shaxs tashkil etgan ijodiy jamoalardan davlat boji yagona litsenziya bo‘yicha undiriladi.
     
  • Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar daromad solig‘ini deklaratsiya asosida yoki qatʼiy belgilangan miqdorda to‘lashi mumkin.

 

2024-yil 1-yanvardan xonandalardan, 2026-yil 1-yanvardan qolgan ijrochilardan daromad solig‘i faqat deklaratsiya asosida undiriladi.
 

Deklaratsiya asosida soliq to‘lashni tanlagan ijrochilar uchun:


 

  • yillik umumiy daromadning 30 foizidagi xarajatlar tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmagan holda chegiriladi;
     
  • xarajatlar summasi daromadning30 foizidan oshganda daromadning 10 foizi miqdori chegiriladi;
  • litsenziya uchun undirilgan davlat boji va ijtimoiy soliq summalari xarajat sifatida qayd etiladi hamdadaromadlar tarkibidan chegiriladi.
     

 

Qatʼiy belgilangan miqdordagi soliq to‘lashni tanlagan ijrochilardan daromad solig‘i bir yilda bir marta quyidagi miqdorlarda undiriladi:
 

 

  • I reyting guruhi ijrochilaridan 2,7 mln so‘m;
     
  • II reyting guruhi ijrochilaridan 1,8 mln so‘m;
     
  • III reyting guruhi ijrochilaridan 1,0 mln so‘m.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"