O'zbekiston

Paxta maydonlariga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Nizomga ko‘ra, agrotexnik tadbirlar uchun har bir gektar maydonga 1 mln so‘m subsidiya beriladi.

Paxta maydonlariga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori bilan Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.

 

Nizomga muvofiq, paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun 13 ta tumandagi yerdan foydalanuvchilarga har bir gektar maydonga 1 mln so‘m subsidiya beriladi.

 

Yerdan foydalanuvchilar qishloq xo‘jaligi bo‘linmasiga “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali subsidiya oluvchilar ro‘yxatiga kiritish uchun 2022 yil 25 iyulgacha ariza bilan murojaat qiladi.

 

Qishloq xo‘jaligi bo‘linmasi arizalarga asosan 2022 yil 1 avgustgacha yerdan foydalanuvchilarning nomi, manzili, paxta maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ro‘yxatni viloyat hokimliklariga taqdim etadi.

 

Hokimliklar 2022 yil 5 avgustgacha yerdan foydalanuvchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi.

 

Qishloq xo‘jaligi bo‘linmasi 2022 yil 10 avgustgacha yerdan foydalanuvchilarni ularning ro‘yxatga kiritilganligi yoki ro‘yxatga kiritish rad etilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

 

Ro‘yxatga kiritilgan yerdan foydalanuvchi 2022 yil 5 sentyabrgacha “Agrosubsidiya” AT orqali subsidiya ajratish bo‘yicha ariza bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga murojaat qiladi.

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ro‘yxatni umumlashtiradi va ularni 2022 yil 20 sentyabrgacha Moliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi.

 

Moliya vazirligi ro‘yxatga muvofiq subsidiyaning dastlabki 70 foizini 2022 yil 1 oktyabrgacha quyidagi taqsimotga ko‘ra tashkilotlarning hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi:

 

➖60 foizini – yerdan foydalanuvchilarga;
➖6 foizini – Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga;
➖4 foizini – Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga.

 

Davlat statistika qo‘mitasi 2023 yil 25 noyabrgacha yerdan foydalanuvchilarning 2023 yildagi paxta hosildorligini avvalgi yil bilan taqqoslagan holda ma’lumot tayyorlaydi va Moliya vazirligiga taqdim etadi.

 

Moliya vazirligi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga asosan paxta hosildorligi avvalgi yilga nisbatan 15 foiz yoki undan ko‘p miqdorda oshganda, subsidiyaning qolgan 30 foizini 2023 yil 20 dekabrgacha yerdan foydalanuvchilarning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

 

Ushbu Vaqtinchalik nizom 2024 yil 1 yanvargacha amal qiladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"