O'zbekiston

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha malaka oshirish instituti tashkil etiladi

Institut xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashni maqsad qilgan.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha malaka oshirish instituti tashkil etiladi

 

Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Jismoniy tarbiya va spot bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantiriladi.

 

Institutning vazifalari quyidagilardan iborat:

 

– maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim, professional taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha rahbar va pedagog kadrlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari, maxsus fan o‘qituvchilari, trenerlari, sport psixologlari, maxsus xizmat xodimlari hamda sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi;

 

–  mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kasbiy maʼlumotga ega bo‘lmagan sport taʼlim muassasalari xodimlari uchun qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;

 

–   jismoniy tarbiya va sport taʼlim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etadi;

 

– o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga, xususan sport taʼlim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etadi;

 

–  sport taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, o‘z filiallari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etadi;

 

– xalqaro aloqalarni kengaytiradi va mustahkamlaydi, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritadi, xorijiy taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"