O'zbekiston

Toshkent metorosida yo‘lovchi qaytim yo‘qligi sabab kassadan qaytarildi

Holat bo‘yicha metropoliten uzr so‘rab chiqdi.

Toshkent metorosida yo‘lovchi qaytim yo‘qligi sabab kassadan qaytarildi

 

Ijtimoiy tarmoqda yo‘lovchilardan biri shoshilib “Turkiston” metro bekatiga tushgani va kassaga ellik ming so‘m pul berib, chipta olmoqchi bo‘lganida operator qaytim yo‘qligi sabab uni ortga qaytargani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holatga Toshkent metropoliteni munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent metropolitenidagi kassa operatorlari navbatchilik asosida faoliyat yuritishadi. Holat yuz bergan vaqtda operator kunduzgi navbatchilikni qabul qilayotgan bo‘lib, navbatchilik almashilganidan so‘ng doimiy ravishda kassadagi mavjud pullar metropoliten yo‘riqnomasiga asosan olib ketiladi. Kunlik pul aylanmasidan kelib chiqilib qaytim uchun kassada yuz ming so‘m naqd pul fondi qoldiriladi.

 

Xususan, kelgan ilk yo‘lovchilarning biri yuz ming so‘m,  yana biri esa ellik ming so‘m kupyura berib, chipta harid qilgani uchun  kassada qaytim uchun yetarli mablag‘ qolmagan. Shuningdek,  jami 3,5 daqiqa vaqt ichida katta operator bekatning ikkinchi vestibyulidan qaytim uchun pul olib kelgan.

 

“Keltirilgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”,— deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"