O'zbekiston

O‘zbekistonda oshqovoq va makkajo‘xoridan sharbat ishlab chiqarilmoqda

U bir qator kasalliklar uchun shifobaxsh hisoblanadi.

O‘zbekistonda oshqovoq va makkajo‘xoridan sharbat ishlab chiqarilmoqda

 

Toshkent viloyatidagi “Healing Herbs” MCHJ korxonasida O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan mahsulot turi, ya’ni oshqovoq va makkajo‘xori bo‘tqasidan tabiiy shifobaxsh sharbat ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Ushbu tabiiy sharbat dorivor hisoblanib, birinchi navbatda inson immunitetini ko‘taradi, jigar, oshqozon, qon tomirlaridagi xolesterin moddasini yuvadi va boshqa bir qator kasalliklar uchun shifobaxshdir.

 

Ushbu korxona Xitoy texnologiyalari asosida tashkil etilgan bo‘lib, 2021-yil dekabr oyida ishga tushirilgan. Korxona bir kunda 80 ming dona, bir oyda 2,4 mln dona, bir yilda esa 28,8 mln dona tayyor tabiiy shifobaxsh sharbat ishlab chiqaradi. Buning uchun 1000 tonna oshqovoq va 300 tonna makkajo‘xori so‘tasi talab etiladi.

 

Hozirgi kunda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan 400 gektar maydonda oshqovoq va makkajo‘xori ekinlari ekilgan va hosilini korxonaga yetkazib berish rejalashtirilgan.

 

Shu bilan birga, korxona qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab, Turkiya va Rossiya davlatlariga eksport qilish uchun shartnoma imzolagan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"