O'zbekiston

San’atkor Xalimaxonning singlisi IIB xodimlari tomonidan olib ketilganiga rasmiy izoh berildi

Ma’lum qilinishicha, Hanifa Ibragimova qidiruvda bo‘lgan va u yashiringan manzilida qo‘lga olingan.

San’atkor Xalimaxonning singlisi IIB xodimlari tomonidan olib ketilganiga rasmiy izoh berildi

 


Ijtimoiy tarmoqda san’atkor Xalimaxon Ibragimovaning singlisi 21-iyun kuni 15 nafar IIB xodimlari tomonidan hech qanday asossiz ravishda olib ketilgani haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov rasmiy izoh berdi.


Ma’lum qilinishicha, Jinoyat ishlar bo‘yicha Nurafshon shahar sudi fuqaro 1982-yilda tug‘ilgan H. I. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotganligi, jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasi va hozirgi kunda dastlabki tergovdan bo‘yin tovlab yurganligi hamda unga nisbatan qidiruv e’lon qilinganlik holatlarni inobatga olib, fuqaro H. I.ga nisbatdan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bo‘yicha ajrim qilgan va uning ijrosini ta’minlash Ichki ishlar organlariga yuklatilgan.


Mazkur ajrimga asosan, Toshkent tumani IIB xodimlari tomonidan fuqaro H.I.ning (qidiruvda bo‘lgan) yashiringan manzili aniqlanib, ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


“Shu o‘rinda murojaat muallifini va ayrim OAV vakillarini mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganligini inobatga olib, jarayonga maqola, materiallar yoki boshqalar orqali ta’sir o‘tkazmaslikka hamda axborotga bir tomonlama yondashmaslikda chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"