O'zbekiston

2023-yilda O‘zbekistonda xususiy chakana elektr savdo kompaniyalari tashkil etiladi

Prezident elektr energetikasi korxonalari faoliyatini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

2023-yilda O‘zbekistonda xususiy chakana elektr savdo kompaniyalari tashkil etiladi

 

Kecha, 23-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi korxonalari faoliyatini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti va aholi talabi tobora o‘sib, yoqilg‘i-energetika tarmog‘i shunga mutanosib modernizasiya qilinmoqda. Bu ishlar davlat rahbarining 2019 yil 27 martdagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi asosida olib borilmoqda.


Xususan, sobiq “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati negizida elektr energiyasi ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotish bo‘yicha 3 ta alohida tuzilma tashkil etildi. 7 million iste’molchi Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanib, aholidan to‘lov undirish 100 foiz ta’minlanmoqda. Generasiya sohasida jami 7 milliard dollarlik 19 ta quyosh, shamol va issiqlik elektr stansiyalari qurish bo‘yicha loyihalarga xorijiy investorlar jalb qilindi.


Shu bilan birga, sohada raqobatni yaratish, energiya ta’minotining hajmi va sifatini oshirish bo‘yicha hali qilinadigan ishlar ko‘p. Jumladan, energetika tizimini modernizasiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun kelgusi yillarda 20 milliard dollarga yaqin investisiya talab etiladi. Buning uchun sohada raqobatli bozorni shakllantirish va xususiy investorlarga sharoitlarni kengaytirish zarur.


Shu bois yig‘ilishda energetika bozorini boshqarish bo‘yicha yangi tizim yaratish masalalari muhokama etildi.


Xususiy generasiya korxonalari ulanishi uchun teng sharoit yaratish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining elektr energiyasini yagona xarid qilish va magistral tarmoqlarni boshqarish vakolatlarini ajratish taklifi bildirildi. Bunda, yagona xarid qiluvchi kompaniya barcha elektr stansiyalaridan elektr energiyasini shartnoma asosida sotib olib, yirik korxona va hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotadi. Magistral tarmoq operatori esa elektr energiyasini yetkazib berish, yo‘qotishlarni kamaytirish va energotizimni texnik boshqarish bilan shug‘ullanadi.


Kelgusi yilda 14 ta tuman va shaharda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga muqobil tarzda, iste’molchilarga elektr energiyasini sotadigan xususiy chakana elektr savdo kompaniyalari tashkil etiladi.


Shuningdek, tarmoq rahbarlariga transformasiya jarayonini jadallashtirish, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jalb qila oladigan kompaniyalarga aylantirish kerakligi ta’kidlandi. Soha korxonalarining operasion xarajatlarini optimallashtirish, elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.


Hukumat va soha rahbarlariga ushbu islohotlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"