O'zbekiston

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj safari narxlari oshganiga izoh berdi

Ma’lum qilinishicha, joriy mavsum uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 mln 900 ming so‘m etib belgilandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj safari narxlari oshganiga izoh berdi

 

“Haj–2022” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 mln 900 ming so‘m etib belgilandi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu to‘lovga nimalar kirishini ma’lum qildi. 


Xabarda aytilishicha, Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilingan. Shuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgan.


Bundan tashqari, Haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022 yilda yangi majburiy to‘lovlar joriy etilgan.  Shu bois dunyo mamlakatlari uchun haj xizmatlari narxi o‘rtacha 40-45 foizga ko‘tarilgan. 


Ayrim davlatlarda haj safari uchun “Iqtisodiy”, “Lyuks” va “VIP” paketlarda xizmat ko‘rsatilmoqda. O‘zbekiston tomoni Saudiya bilan muzokaralar olib borib, ziyoratchilarga iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat ko‘rsatishga erishgan va to‘lov uchun o‘rta narx belgilangan.


“Yurtdoshlarimiz joriy mavsumda birinchi marta Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonalarida istiqomat qiladilar. Aslida, mazkur mehmonxonalar lyuks darajasida xizmat ko‘rsatadigan mehmonxonalar sirasiga kiradi. Makka shahrida esa “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida yashaydilar”, — deyiladi xabardа. 


Ushbu mehmonxonalar yuqori sig‘imli ekani, muqaddas qadamjolarga yaqinligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan, Makka shahridagi “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi barcha hojilarimizni bir vaqtda joylashtirish imkoniyatiga ega.


Ta’kidlanishicha, ziyoratchilarning safar davomiyligi ayrim qo‘shni davlatlar ziyoratchilari singari 14-17-20 kun emas, balki 26 kunni tashkil etadi. Bu ham, tabiiy ravishda, narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.


“Yana bir muhim jihat – joriy haj mavsumida Saudiya hukumatining qaroriga asosan, barcha to‘lovlar shirkatlar orqali emas, balki Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligining “Haj elektron portali” orqali belgilangan tartibda amalga oshirildi. Ushbu portalda har bir davlat uchun alohida hisob raqami mavjud bo‘lib, barcha xizmatlar: mehmonxona, transport, mashoir va hokazolar uchun shu yerning o‘zida inson omilisiz shaffof holda amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda. 

 

Joriy mavsumda mashoir (Mino, Arafot, Muzdalifa) xizmatlari ham sezilarli darajada ko‘tarilgan. Shunday bo‘lsada, iqtisodiy paket olingan va oldinlari taqdim etilmagan xizmatlar ko‘rsatishga erishilgan.


Jumladan, avvallari ziyoratchilar Mino vodiysida gilamda yotgan bo‘lsalar, bu yil har bir hoji uchun maxsus yoyma to‘shaklar (matraslar) ajratiladi. Shuningdek,  ziyoratchilar uchun Mino va Arafotda ham 3 mahal issiq ovqatlar tortiq etiladi. Qolaversa, 24 soat davomida bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.


Haj uchun to‘langan mablag‘ ichiga quyidagilar kiradi:


— Haj vizasi;
— Aviabilet;
— Shaharlararo (Madina-Makka-Jidda) transport xizmati;
— Madina shahrida “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonasi;
— Madina shahrida Uhud tog‘i, Qubo va ikki qiblali masjidlarga ziyorat;
— Makka shahrida “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi;
— Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylaridagi barcha xizmatlar;
— 24 soat tibbiy xizmat;
— Hojilarning tibbiy sug‘urtasi;
— 24 soat transport xizmati;
— 3 mahal isiq ovqat: nonushta, tushlik va kechki ovqat;
— Haj qo‘llanmasi;
— Davlat ramzlari tushirilgan nimcha va sumka;
— “Zamzam” suvi (5 litr);
— Respublikaning 7 ta hududidan kuzatish va kutib olish;
— Madinai munavvaraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys;
— Qurbonlik.


“Ushbu muborak safarni tashkil etish ishlari mo‘min-musulmon yurtdoshlarimizni rozi qilish tamoyili asosida olib borilayotganini eslatib o‘tamiz hamda vaziyatni to‘liq va  puxta o‘rganmasdan tarqatilayotgan bir yoqlama ma’lumotlarga aldanib qolmasligingizni so‘rab qolamiz”, — deyilgan xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"