O'zbekiston

Markaziy bank “So‘m ramzi”ni e’lon qildi

“So‘m”ning o‘ziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha tanlab olindi

Markaziy bank “So‘m ramzi”ni e’lon qildi

 

Markaziy bank tomonidan Milliy valyuta “So‘m ramzi”ni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov joriy yilning 8 fevralida e’lon qilingan edi.


Saralash bosqichi tanlov tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘tkazildi va quyidagilarni o‘z ichiga oldi:

dastlabki saralash – har bir tanlov loyihasini texnik talablarga muvofiqligini ko‘rib chiqish (ishlab chiqilgan elementlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni va ahamiyatini aks ettiruvchi konsepsiya; imzolangan ariza; yuborilgan arizada barcha hujjatlarning ilova qilinganligi).

 

Natijada 508 ta ijodiy loyiha tanlab olindi va ularning har biriga maxfiylikni ta’minlash maqsadida individual shifr raqamlari berildi.

 

Texnik ekspertiza – shifrlangan ijodiy loyihalar tanlov mezonlariga muvofiqligi bo‘yicha tekshirildi. Natijada 54 ta shifrlangan ijodiy loyihalar tanlov hakamlar hay’atiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.

 

Tanlovning yakuniy bosqichida shifrlangan loyihalar Markaziy bank, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan baholandi.

 

Hakamlar hay’ati a’zolari tanlov ishlarini quyidagi mezonlarga muvofiq baholadi:

▪️o‘ziga xoslik (unikal) va originallik;

▪️universallik;

▪️oson tanib olinishi;

▪️ramziy va farqli jihatlari;

▪️so‘m ramzining turli formatlarda grafik qo‘llanilishining qulayligi.

 

Tanlov natijalariga ko‘ra, hay’at tomonidan O‘zbekiston milliy valyutasi – “so‘m”ning o‘ziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha sifatida Jumagaldiyev Sarvar tomonidan ishlab chiqilgan grafik belgi tanlab olindi.

 

Gʻolibni tabriklaymiz! Taqdirlash marosimi sanasi bo‘yicha ma’lumot g‘olibga shaxsan e’lon qilinadi. Barchaga ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz!

 

Ma’lumot uchun: keng jamoatchilikni pul birligi ramzini yaratishga jalb qilish maqsadida Markaziy bank tomonidan Milliy valyuta “So‘m ramzi”ni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov joriy yilning 8 fevralidan 31 martiga qadar o‘tkazildi. Joriy yilning 1 aprel holatiga milliy valyuta ramzini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovga yuborilgan arizalarning umumiy soni 17 mingdan ortiqni tashkil etdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"