O'zbekiston

O‘zbekistonda yangi gidroelektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Bugun, 2 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon ramziy tugmani bosib, qurilishga start berdi.

O‘zbekistonda yangi gidroelektr stansiyasi qurilishi boshlandi

 

Bugun, 2 iyun kuni Tojikiston Prezidentining tashrifi doirasida Zarafshon daryosida Yavan gidroelektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon ramziy tugmani bosib, qurilishga start bergan.

 

Ushbu inshoot energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikda birinchi yirik loyiha bo‘ladi. 140 megavatt quvvatli zamonaviy stansiya O‘zbekiston energetik xavfsizligi, suv va qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

 

Ta’kidlanishicha, muhandislik ishlari to‘liq zamonaviy standartlar asosida, ilg‘or xorijiy kompaniyalar ishtirokida olib borilmoqda.

 

Loyihani moliyalashtirishga yetakchi xalqaro institutlar, shu jumladan Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qiziqish bildirgan.

 

Ushbu loyiha tarmoqning ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash, minglab xonadonlar va yangi korxonalarini “yashil” energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

 

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"